Til — milliy o‘zlik, ma’naviy taraqqiyot va davlatchilikning muhim asosidir
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Markaz direktori O.Jumayev nutq so‘zlab, bugungi kunda o‘zbek tilining nufuzi va mavqeyini yuksaltirish, uning davlat boshqaruvi, ilm-fan va ish yuritish sohalaridagi qo‘llanilish doirasini kengaytirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, davlat tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, rasmiy hujjatlar va xizmat faoliyatida adabiy til me’yorlariga rioya etish, ona tilimizning boy imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda uni kelajak avlodga munosib yetkazish har birimizning mas’uliyatimiz ekani qayd etildi.
Davlat tilining nufuzi — unga bo‘lgan e’tibor, kundalik faoliyatdagi izchil qo‘llanishi va jamiyat hayotidagi amaliy ahamiyati bilan belgilanadi. Shu bois ona tilimizni asrab-avaylash va uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish barchamizdan yuksak mas’uliyat talab etadi.






