"Biznes faolligi indeksi (BFI)ning 2026-yil 3-çorak natijalari va 4-çorak kutilmalari baholandi" tahliliy postidan
"Kartoshka mahsulotini yetishtirish va uni yakuniy iste’molchiga sotishgacha bo‘lgan jarayonlar tahlil qilinmoqda" tahliliy postidan
Markaz tomonidan Biznes faolligi indeksi (BFI)ning 2026-yil 3-çorak natijalari va 4-çorak kutilmalari baholandi
Kartoshka mahsulotini yetishtirish va uni yakuniy iste’molchiga sotishgacha bo‘lgan jarayonlar tahlil qilinmoqda
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazida davra suhbati tashkil etildi.Tadbirda Markaz direktori O.Jumayev nutq so‘zlab, bugungi kunda o‘zbek tilining nufuzi va mavqeyini yuksaltirish, uning davlat boshqaruvi, ilm-fan va ish yuritish sohalaridagi qo‘llanilish doirasini kengaytirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.Shuningdek, davlat tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, rasmiy hujjatlar va xizmat faoliyatida adabiy til me’yorlariga rioya etish, ona tilimizning boy imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda uni kelajak avlodga munosib yetkazish har birimizning mas’uliyatimiz ekani qayd etildi.Davlat tilining nufuzi — unga bo‘lgan e’tibor, kundalik faoliyatdagi izchil qo‘llanishi va jamiyat hayotidagi amaliy ahamiyati bilan belgilanadi. Shu bois ona tilimizni asrab-avaylash va uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish barchamizdan yuksak mas’uliyat talab etadi.
Xatirchi tumanida hokim yordamchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildiRaqobat qo‘mitasi va German Sparkassenstiftung hamkorligida Xatirchi tumanida hokim yordamchilari uchun loyihalarni samarali boshqarishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi Batafsil — Xalq so‘zi nashrida Aholi daromadlarini oshirish — muhim vazifaHokim yordamchilari uchun tashkil etilgan seminarda mahallalardagi imkoniyatlarni aniq loyihalarga aylantirish, ularni samarali rejalashtirish va moliyalashtirish masalalariga e’tibor qaratildi. Batafsil — O‘zbekiston Milliy axborot agentligida (UZA)
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho boyligimizdir. Uni asrash, qadrlash va kelajak avlodga yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir.Bayramingiz muborak bo‘lsin!Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi