Диққат! Веб-сайт тест режимида ишламоқда

Kartoshka mahsulotini yetishtirish va uni yakuniy iste’molchiga sotishgacha bo‘lgan jarayonlar tahlil qilinmoqda

22 Октябрь 2026 14:00 2156 Чоп этиш

Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan ichki bozorda kartoshka mahsulotini yetishtirish va uni yakuniy iste’molchiga sotishgacha bo‘lgan jarayonlar tahlil qilinmoqda.

Dastlabki tahlil natijalariga ko‘ra, joriy yilning yanvar–sentabr oylarida 11 ta davlatdan qiymati 37,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 457 ming tonna (o‘rtacha 82 dollar/tonna) kartoshka mahsuloti import qilingan. Import hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 57 ming tonnaga yoki 24 foizga kamayganligi kuzatildi.

Import bozorining konsentratsiya darajasi o‘rganilganda, eng yirik 5 ta import qiluvchi korxona hissasiga jami importning 78 foizi to‘g‘ri kelishi, jami import qiluvchi korxonalar soni 91 tani tashkil etishi aniqlandi.

Tahlil ishlari doirasida kartoshka bozoridagi raqobat muhiti, bozor konsentratsiyasi va importchilar o‘rtasidagi ulushlar taqsimotini kompleks baholashga qaratilgan o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech