Iste’molçilarga bepul huquqiy maslahatlar beriladi
Raqobat siyosati va iste’molçilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamda “Yuksaliş” harakati hamkorligida 10–12 noyabr kunlari respublikamizning barça hududlarini qamrab olgan “Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş” mavzusida bepul huquqiy maslahatlar aksiyasi ötkazilmoqda.
Aksiya doirasida fuqarolarga sifatsiz tovarlarni qaytariş va almaştiriş, kafolatli ta’mirlaş, onlayn savdo, xizmat körsatiş, kommunal va bank xizmatlari, şuningdek, iste’molçilar huquqlarining buzilişi bilan boğliq boşqa masalalar yuzasidan mutaxassislar tomonidan bepul huquqiy maslahatlar beriladi.
Batafsil: infografikada
Öz huquqlaringizni biliş va ularni himoya qiliş böyiça zarur huquqiy maslahatlarni oliş imkoniyatidan foydalaning!

