Markaz tomonidan Biznes faolligi indeksi (BFI)ning 2026-yil 3-çorak natijalari va 4-çorak kutilmalari baholandi
BFIning 2026-yil 3-çorak natijalari 2-çorakka nisbatan 1,1 bandga oşib, 53,5 bandni taşkil etdi. 4-çorak kutilmalari esa deyarli özgarişsiz 53,2 bandga teng bölişi prognoz qilindi.
BFI sorovnomasida Raqobat Qömitasining “Fair Tech” yagona axborot tizimi orqali işlab çiqariş va xizmatlar sohasidagi 500 dan ortiq yirik korxona vakillari iştirok etdi. Sörovnoma natijalariga köra, hududlar kesimida Qoraqalpoğiston Respublikasi (57,9) va Namangan viloyatida (57,4) eng yuqori natijalar kuzatildi.
BFI metodologiyasiga köra, indeks natijalari iqtisodiyotda barqaror ösiş va faollikning ortib borayotganini körsatmoqda. Biroq, BFI natijalari va kutilmalari mamlakat iqtisodiyoti barqaror ösiş holatida ekanligiga qaramasdan, inflyatsion bosimning saqlanib qolayotganliginini körsatmoqda.
Şu bilan birga, jahon iqtisodiyotidagi keskin özgaruvçanlik va yuqori noaniqlikning saqlanişi şaroitida, xalqaro taşkilotlar faol investitsiya siyosati va islohotlar hisobiga Özbekistonda kelgusida ham barqaror iqtisodiy ösiş saqlanib qolişini tasdiqlamoqda.
